Foydalanish shartlari

TOIFA UP ยท oxirgi yangilanish: 2026-yil 28-sentabr

Xizmat nima

TOIFA UP โ€” ingliz tili o'qituvchilari malaka sinoviga (TOIFA) tayyorgarlik uchun mashq materiali. Saytdagi savollar va izohlar tayyorgarlik uchun mo'ljallangan.

Bu rasmiy imtihon emas

TOIFA UP davlat organlari yoki attestatsiya markazlari bilan bog'liq emas va ular nomidan ish ko'rmaydi. Saytdagi natijangiz rasmiy imtihon natijasini bildirmaydi va uni oldindan aytib bera olmaydi. Materiallar nizomning ochiq matniga asoslanadi, lekin haqiqiy imtihon savollari emas.

Kirish kodi

Saytga kirish kod orqali beriladi. Kod shaxsingizga berilgan โ€” uni boshqalarga tarqatmang. Kod tarqatilgani aniqlansa, u bekor qilinishi mumkin.

Hisobingiz

Materiallardan foydalanish

Savollar, matnlar va izohlar shaxsiy tayyorgarlik uchun. Ularni nusxalab tarqatish, sotish yoki o'z nomingizdan chop etish mumkin emas. Darsda o'z o'quvchilaringiz bilan ishlatmoqchi bo'lsangiz โ€” yozing, kelishamiz.

Xizmatning uzluksizligi

Sayt texnik ishlar yoki tashqi xizmatlardagi uzilishlar sababli vaqtincha ishlamasligi mumkin. Biz buni imkon qadar qisqa qilishga harakat qilamiz, lekin uzluksiz ishlashni kafolatlay olmaymiz.

Materiallardagi xatolar

Savollar manbalar bo'yicha tekshiriladi, ammo xato bo'lishi mumkin. Xato topsangiz, ayting โ€” tuzatamiz. Bu material tufayli yetkazilgan bilvosita zarar uchun javobgarlik olinmaydi.

O'zgarishlar

Shartlar o'zgarsa, yuqoridagi sana yangilanadi. Jiddiy o'zgarish bo'lsa, saytda xabar beriladi.

Bog'lanish

kirish@toifaup.com

โ† toifaup.com ยท Maxfiylik siyosati